Ko'rik-tanlov Yakunlangan โ€” arxiv

2026/2027-o'quv yili uchun EKOSTIPENDIYA

๐ŸŽ“ Yo'nalish/fan: Bakalavriatning 3-kursini tamomlagan (hozirgi 4-kurs) talabalar, quyidagi yo'nalishlar bo'yicha: Yashil iqtisodiyot (60411800) Meteorologiya va iqlimshunoslik (60520100) Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (60520200) Atrof-muhit va barqaror boshqaruv (605

๐Ÿ“… O'tkazilgan sana: โ€”

โณ Ro'yxat muddati: 25.09.2026, 12:00

๐Ÿ‘ฅ Ishtirokchilar: 14 ta ariza


๐ŸŒฟ EKOSTIPENDIYA โ€” 2026/2027-o'quv yili tanlovi e'lon qilindi

Ekologiya va iqlim o'zgarishi milliy qo'mitasi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 21-avgustdagi qo'shma qarori bilan ekologiya yo'nalishida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun Ekostipendiya ta'sis etildi.

๐Ÿ’ฐ Miqdori: eng kam ish haqining 2,5 baravarigacha, har oyda, bir o'quv yili davomida 10 oy to'lanadi.
๐ŸŽฏ Kvota: respublika bo'yicha bakalavriat talabalari uchun 20 nafargacha.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriatning 3-kursini tamomlagan (hozirgi 4-kurs) talabalar, quyidagi yo'nalishlar bo'yicha:
Yashil iqtisodiyot (60411800)
Meteorologiya va iqlimshunoslik (60520100)
Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (60520200)
Atrof-muhit va barqaror boshqaruv (60520300)
Atrof-muhit muhandisligi va qayta tiklanuvchi energiya (60520400)
Iqlim o'zgarishi va barqaror rivojlanish (60520500)
Gidrometeorologiya va suv resurslarini boshqarish (60520600)
Atrof-muhit muhandisligi (60711800)
Barqaror turizm va ekoturizmni boshqarish (61010200)

Majburiy shartlar (uchalasi ham bo'lishi kerak):
1๏ธโƒฃ So'nggi ikki semestr o'rtacha o'zlashtirish ko'rsatkichi 90 % dan past emas;
2๏ธโƒฃ Atrof-muhitni muhofaza qilishga yoki ekologik muammoni hal etishga qaratilgan ekologik loyiha taqdimoti;
3๏ธโƒฃ Ilmiy, innovatsion, ekologik targ'ibot, volontyorlik yoki jamoatchilik faoliyati bo'yicha kamida bitta tasdiqlangan natija.

Baholash โ€” 100 ballik tizimda:
Ekologik loyiha taqdimoti โ€” 30 ball
Akademik o'zlashtirish โ€” 30 ball
Ilmiy faoliyat va maqolalar โ€” 20 ball
Ekologik targ'ibot va liderlik โ€” 15 ball
Ijtimoiy-ekologik faollik va volontyorlik โ€” 5 ball

Taqdim etiladigan hujjatlar:
โœ”๏ธ Tanlov anketasi (namunasi bo'limdan olinadi)
โœ”๏ธ Pasport yoki ID-karta nusxasi
โœ”๏ธ Akademik o'zlashtirish haqida ma'lumotnoma (transkript nusxasi)
โœ”๏ธ Universitet tavsiyanomasi
โœ”๏ธ Ekologik loyiha taqdimoti
โœ”๏ธ Ilmiy maqola, tezis, sertifikat va diplomlar nusxalari (mavjud bo'lsa)
โœ”๏ธ Ekologik volontyorlik yoki "Yosh ekologlar" harakatidagi ishtirokni tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo'lsa)
โณ Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 25-sentabr, soat 12:00 gacha.

Tanlovning keyingi bosqichlarida nomzodlar ekologik loyihasini himoya qiladi. G'oliblar Ekostipendiya kengashi qarori asosida aniqlanadi.
Imkoniyatni boy bermang โ€” do'stlaringizga ulashing! โ™ป๏ธ

Bu tadbir bo'lib o'tgan va arxivga o'tkazilgan. O'tkazilgan sana โ€” 25.09.2026. Ariza topshirish yopilgan.